Shu bilan birga, francuz klubini taklif qilingan narx qoniqtirmayapti, ular braziliyalik futbolchi uchun 30 mln evro olishmoqchi.
Manbaga ko'ra, "Inter" Enrike bilan shaxsiy shartnoma shartlarini kelishib olgan - u besh yilga mo'ljallangan bo'ladi.
23 yoshli Luis Enrike 2024/25 yilgi mavsum "Marsel" safida 35 ta o'yinda maydonga tushib, 9 ta gol urdi va 10 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning shartnomasi 2028 yilning 30 iyuniga qadar amal qiladi. Transfermarkt malumotiga ko'ra, futbolchining transfer narxi 18 million evroni tashkil etadi.