Nihoyat, BAA tomoni chiptalar sotuvga chiqarilganini elon qildi.
OFK reglamentiga muvofiq mehmonlar uchun stadion sig'imining sakkiz foiziga teng chiptalar taqdim etiladi.
Malum bo'lishicha, standart sektorlar uchun chipta narxi 20 dirxamga (70 ming so'm atrofida – tahr.) baholanmoqda. O'z o'rnida, biletlar tez fursatda sotilib ketmoqda.
Eslatib o'tamiz, uchrashuv 5 iyun kuni Abu-Dabidagi 15 ming tomoshabinga mo'ljallangan "Al Nahayyon" stadionida o'tkaziladi.