Usmonali Ismonaliev: "Ikkinchi bo'limda hakamlar qanday ishlaganini tushunmadik. Penalti yo'q edi"

  • Mr.NoBoDy 28.05.2025 00:48
  • 213
  • 30

O'zbekiston Superkubogida "Nasaf"dan uchralgan mag'lubiyatdan keyin "Andijon" futbolchisi Bektemir Abdumannonov fikrlarini bildirdi.

- Qiyin o'yin bo'ldi. Superkubok o'z nomi bilan shunday bo'lishi kerak edi. Biz yutib ketishimiz mumkin bo'lgandi, lekin hakam 50ga 50 vaziyatlarda ko'proq raqiblar foydasiga hushtak chaldi. Hakamlar o'sha vaziyatlarda nimalarni ko'rdi, men bilmayman. Ikkinchi bo'limda ular qanday hakamlik qilishganini biz tushunmadik. Jamoadoshlarimda g'alaba ishtiyoqi katta edi, buni o'zimda ham his qildim. Raqiblar bitta vaziyatdan gol urib ketishdi. Lekin bu biz ulardan kam vaziyat qildik degani emas. Bularning ustida ishlaymiz.

- Penalti belgilangan vaziyat haqida nima deysiz?

- Hozir kiyim almashtirish xonasida yigitlar bilan gaplashdik, penalti yo'q edi deb hisobladik. Hakamning 50ga 50 vaziyatdagi qarori shunday bo'ldi deb hisobladik. Bu biz uchun penalti emasdi.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar