Marko Stanoevich: "Alamli mag'lubiyat bo'ldi. Buni tezroq unutib, mashg'ulotlarga qaytishimiz kerak"

  • Mr.NoBoDy 03.07.2025 02:16
  • 45
  • 30

O'zbekiston Superligasi 7-turidan o'rin olgan "Dinamo" va "Neftchi" o'rtasidagi bahsdan so'ng Marko Stanoevich o'z fikrlari bilan bo'lishdi.

"Qiyin o'yin bo'lishini kutgandik. Afsuski, bugun gol ura olmadik va ikkita gol o'tkazib yubordik. Alamli mag'lubiyat bo'ldi, endi keyingi uchrashuvga tayyorgarlik ko'rishimiz kerak bo'ladi"

- "Bunyodkor"ga qarshi uchrashuvda ham mag'lubiyat bo'lgan edi. Bugun ham shunday natija. Shu ikki bahsda jamoaga nima etishmayapti?

- Xar xil uchrashuvlar edi, ammo ikkisida ham mag'lub bo'ldik. Buni tezroq unutib, yana mashg'ulotlarga qaytishimiz kerak.

- "Dinamo" musobaqa jadvalida ikkinchi o'rinda bormoqda. Medallar uchun kurash haqida fikr bildirib o'tsangiz...

- Chempionat boshida bizga hech kim ishonmayotgan edi. Hozir esa biz sovrinli o'rinlar uchun kurashayapmiz. Shunday ruhda davom etishimiz kerak.

- Keyngi uchrashuv sobiq jamoangiz "Nasaf"ga qarshi bo'ladi...

- Har bir raqibga tayyorgarlik ko'rgandek, tayyorlanamiz. G'alaba qozonishga harakat qilamiz.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar