"Real Madrid" klubi "Benfika" azosi Alvaro Fernandes Karrerasni yaqin soatlada o'z safiga qo'shib oladi. Madrid klubining "Benfika" bilan 22 yoshli himoyachi transferi bo'yicha olib borayotgan muzokaralari yakuniy bosqichga etgani haqida COPE xabar bermoqda. Futbolchining o'zi bilan allaqachon kelishuvga erishilgan.
Bitimning yaqin soatlar ichida rasmiy tus oladi. Hujjatlar bilan ishlash yakunlangach, transfer haqida rasman elon qilinadi.
"Real" avval Karrerasning transferini, bir necha kunlardan keyin esa Trent Aleksandr-Arnold transferini elon qilishni rejalashtirmoqda. Karreras madridliklar bilan 5-6 yillik shartnoma imzolaydi. Trent esa klub bilan 2030 yilgacha mo'ljallangan bitim tuzadi.