Saudiya Arabistoni chempionatida mavsumning eng yaxshilari aniqlandi

  • Mr.NoBoDy 29.05.2025 21:48
  • 87
  • 30

Karim Benzema Saudiya Arabistonida mavsumning eng yaxshi futbolchisi bo'ldi.

Saudi Pro League Season Awards taqdirlash marosimida "Al-Ittihod" jamoasi sardori Karim Benzema mavsumning eng yaxshi o'yinchisi, jamoa bosh murabbiyi Loran Blan esa eng yaxshi murabbiy deb topildi.

Benzema mavsum davomida 21 ta gol urdi va 9 ta golli uzatma berdi. Francuz futbolchining 30 ta samarali harakati ligadagi eng yuqori ko'rsatkich bo'ldi. Shu bilan birga, Saudiya Arabistonining eng yaxshi mahalliy futbolchisi unvonini "Al Hilol" azosi Salim Al Dovsari qo'lga kiritdi.

Blan chempionatdagi debyut mavsumidayoq "Al Ittihod"ni chempionlikka olib chiqdi. Francuz murabbiy birinchi mavsumda bunga erishgan to'qqizinchi mutaxassis bo'ldi. Bu uning Franciyadan tashqarida oliy diviziondagi birinchi unvonidir.

Bundan tashqari, Krishtianu Ronaldu ketma-ket ikkinchi mavsumda chempionatning eng yaxshi to'purari bo'ldi. "Al Nassr" sardori 25 ta gol urib, "Al Ahli" hujumchisi Ayven Toyunini 2 ta golga ortda qoldirdi. Hozirda portugaliyalik futbolchi Saudiya Arabistoni chempionatida 77 ta o'yinda 74 ta gol urgan holda, musobaqa tarixidagi to'purarlar ro'yxatida 9-o'rinni egallab turibdi.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar