Sport Witness nashrining La Gazzetta dello Sport’ga tayanib xabar berishicha, ingliz klubi "Lacio" yarim himoyachisi Matteo Genduzi transferiga asosiy davogar bo'lib turibdi. Bitimning qanday yakun topishi hozirda "Yuventus" qiziqish bildirayotgan Sandro Tonalining kelajagiga bog'liq bo'ladi. Rimliklar Genduzini 40 mln evroga sotishga tayyor.
Genduzi o'tgan mavsum A Seriyada 37 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta gol va 3 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.