"Ipsvich" jamoasi hujumchisi Liem Delap "Chelsi" klubiga o'tadi. Bu haqda taniqli insayder Fabricio Romano malum qildi. Unga qiziqish bildirayotgan "Manchester Yunayted", "Nyukasl", "Everton", "Nottingem Forest", "Milan" va "Yuventus" klublariga futbolchining boshqa jamoaga o'tayotgani aytilgan. Ayni damda "Chelsi" futbolchi va "Ipsvich" bilan muzokaralarni hal qildi. "Chelsi" uning shartnomasida ko'rsatilgan tovon pulini to'laydi. Futbolchining shartnomasi bo'yicha uning tovon puli 30 million funt sterlingga teng.
O'tgan mavsumda Delap APLda 37 ta o'yinda ishtirok etib, 12 ta gol urdi.