"Real" klublar o'rtasidagi JCHda g'alaba qozonsa, futbolchilarning har biriga 1 million evrodan mukofot puli beradi

  • Mr.NoBoDy 30.05.2025 18:00
  • 78
  • 30

"Real" klublar o'rtasidagi jahon chempionatida g'alaba qozonsa, o'yinchilarning har biriga bir million evrodan to'laydi.

As malumotlariga ko'ra, Madrid klubi turnirda g'alaba qozonilsa, har bir o'yinchiga 1 million evro miqdorida mukofot puli to'lashni tasdiqlagan.

Qayd etilishicha, Chempionlar ligasi bosh sovrinini qo'lga kiritish uchun ham shunga o'xshash mukofotlar to'lanadi.

Barcha muvaffaqiyatli o'tkazilgan o'yinlar va KJCH kubogini qo'lga kiritish "Real"ga taxminan 140 million evro daromad keltirishi mumkin. Chempionlar ligasida g'alaba qozonish va turnirning barcha o'yinlarida ishtirok etish esa taxminan 100 million evro daromad keltirgan bo'lar edi.

Bundan tashqari, FIFA tomonidan KJCH uchun kafolatlangan to'lovlarga teletranslyaciya huquqlari va boshqa qo'shimcha xizmatlar uchun pullar qo'shiladi.

2025 yilgi Klublar o'rtasidagi jahon chempionati 15 iyundan 13 iyulgacha AQSHda bo'lib o'tadi.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar