Rasman: Irismetov va Beg'amov "Neftchi"ni tark etdi

  • Mr.NoBoDy 30.05.2025 18:56
  • 81
  • 30

Farg'onaning "Neftchi" klubi rahbariyatida o'zgarish bo'ldi.

Farg'onaning “Neftchi” klubida kadrlar almashinuvi amalga oshdi. Klub matbuot xizmati rasman bosh menejer Jafar Irismetov va sport direktori Shahboz Beg'amov lavozimlarini tark etganini malum qildi.

Rasmiy xabarda takidlanishicha, har ikki mutaxassis jamoa rahbariyati bilan kelishilgan holda, o'z arizalariga binoan ishdan ketgan.

"Ularga jamoada fidoyilik va sadoqat bilan xizmat qilganliklari uchun samimiy minnatdorchilik izhor etib, kelgusi faoliyatlarida omad tilaymiz" — deyiladi klub bayonotida.

Avvalroq saytimiz orqali “Neftchi” klubi rahbariyatidagi mazkur istefo haqida xabar bergan edik.

Eshitdik-da! "Neftchi" rahbariyatida istefo

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar