iks
ads

Xosep Gvardiola "Man Siti"dan Donnarummani sotib olishni so'radi

  • Mr.NoBoDy 01.06.2025 16:48
  • 366
  • 30

"Manchester Siti" PSJning italiyalik darvozaboni Janluiji Donnarummaning xizmatlariga qiziqish bildirmoqda.

Qayd etilishicha, transferga "shaharliklar" ustozi Xosep Gvardiolaning shaxsan o'zi qiziqish bildirmoqda. Angliya grandi Donnarummaning shartnomasi atrofidagi vaziyatni diqqat bilan kuzatib bormoqda. Agar italiyalik PSJ bilan mehnat shartnomasini uzaytirishdan bosh tortsa, unda "Man Siti" darvozabonni o'z safiga qo'shib olishga harakat qiladi.

Janluiji Donnarumma o'tgan mavsum PSJ safida barcha musobaqalarda 40ta o'yin o'tkazdi va ularda 39 ta to'p o'tkazib yubordi. Shuningdek, futbolchi hisobida 12 ta "quruq" bahs bor. Italiyalikning mehnat shartnomasi 2026 yilning yozigacha amal qiladi. Transfermarkt portali futbolchini 35 mln evroga baholamoqda.

Ўхшаш янгиликлар