Portal talqiniga ko'ra, turnirning eng yaxshi futbolchisi "Barselona"ning braziliyalik vingeri Rafinya bo'ldi, u o'rtacha 8,1 ball oldi.
Whoscored talqiniga ko'ra, 2024/2025-yilgi mavsum Chempionlar ligasining to'liq ramziy terma jamoasi quyidagicha:
Darvozabon: Tibo Kurtua ("Real", 7,1).
Himoyachilar: Ashraf Hakimi (PSJ, 7,4), Nikolas Otamendi ("Benfika", 7,2), Markinos (PSJ, 7,1), Nunu Mendesh (PSJ, 7,4).
Yarim himoyachilar: Lamin Yamal ("Barselona", 7,9), Jamal Musiala ("Bavariya", 7,5), Jud Bellingem ("Real", 7,3), Rafinya ("Barselona", 8,1).
Hujumchilar: Usmon Dembele (PSJ, 7,6), Harri Keyn ("Bavariya", 7,6).