Sport Baza malumotlariga ko'ra, 28 may kuni PSJ va Rossiya terma jamoasi darvozaboni 66 046 160 rubl miqdoridagi qarzni to'liq to'ladi.
Barcha qarzlar to'langaniga qaramasdan, futbolchiga nisbatan qo'llanilgan choralari haligacha olib tashlanmagan. Agar sud ijrochilari bu choralarni olib tashlasa, Safonov 6 iyun kuni Nigeriyaga qarshi o'rtoqlik o'yinida ishtirok etishi mumkin.
2024 yil yanvarda Moskvaning Nikulinskiy sudi PSJ darvozabonini qizi taminoti uchun daromadlarining to'rtdan bir qismini o'tkazib berishga majbur qildi. Avgustda Mosgorsud bu qarorni tasdiqlab, "Krasnodar"ning sobiq o'yinchisi shikoyatini rad etdi.
Aprelda futbolchining sobiq turmush o'rtog'i Anastasiya Federal sud ijrochilari xizmatiga ariza yozib, uni aliment to'lamasligi uchun jinoiy javobgarlikka tortishni so'ragan edi.