Bild Kicker'ga tayanib xabar berishicha, vingerga "Bavariya" qiziqish bildirmoqda. Myunxenliklar vakillari va futbolchi agentlari o'tgan haftada allaqachon uchrashgan. Portugaliyalik Germaniyaning amaldagi chempioni uchun o'ynashga qarshi emas.
Corriere dello Sport xabar berishicha, "rossoner" portugaliyalikning tovon puli 175 million evrol bo'lsa-da, nemislardan transfer uchun 130 million evro talab qilmoqda. Ehtimol, bu summa yanada pasayishi mumkin. Shu bilan birga, "Milan"ning yang bosh murabbiyi Massimiliano Allegri esa Leau qolishiga umid qilmoqda.
Joriy mavsumda 25 yoshli o'yinchi A Seriyada 34 ta o'yin o'tkazib, 8 gol urdi va 8 ta golli uzatma berdi.