"Fluminense" Neymarga klublar o'rtasidagi JCHda o'ynashni taklif qildi, ammo forvard "yo'q" dedi

  • Mr.NoBoDy 04.06.2025 16:08
  • 60
  • 30

"Fluminense" Neymarga klublar o'rtasidagi jahon chempionatida ishtirok etishni taklif qildi.

33 yoshli hujumchining "Santos" bilan shartnomasi 30 iyungacha amal qiladi. Futbolchi Braziliya va undan tashqaridagi variantlarni ko'rib chiqmoqda.

Setor Sul podkastida so'zlagan "Fluminense" prezidenti Mario Bittenkur klub Neymarga 15 iyundan 13 iyulgacha AQSHda bo'lib o'tadigan klublar o'rtasidagi jahon chempionatida qisqa muddatli hamkorlik taklif qilganini tasdiqladi.

"Ha, men chindan ham kuchli o'yinchilarni taklif qilishga urindim. Hozir Neymar haqida gapirayapman. Renato Gausho – Neymarning yaxshi do'sti. Men u bilan gaplashdim va Neymarni taklif qilish haqida nima deb o'ylashini so'radim. U "ajoyib fikr" dedi va Neymar bilan gaplashdi.

U (Neymar) odobli, to'g'ri muomala qildi va menga uning otasi bilan gaplashishni maslahat berdi. Neymarning otasi juda do'stona munosabatda bo'ldi. U eshikni yopmadi, Neymarning o'zining fikrini eshitishni xohlashini aytdi.

Ikki klub rahbarlari o'zaro do'stona munosabatda. U bu haqda o'ylab, "Santos" prezidenti bilan gaplashishini aytdi", – dedi Bittenkur.

"Fluminense" prezidenti Neymar oxir-oqibat taklifni rad etganini aytdi. FaceTime orqali suhbatda u qiziqish uchun minnatdorchilik bildirdi, lekin bu davrni jismoniy formani tiklash uchun ishlatishni rejalashtirayotganini aytdi.

"U taklifdan juda xursand bo'lganini, lekin bu oyni jismoniy holatini yaxshlashga sarf qilmoqchiligini aytdi", – dedi Bittenkur.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar