"Belarusga qarshi o'rtoqlik o'yinining 31-daqiqasi, biz 0:2 hisobida mag'lub bo'lyapmiz. G'alati xatolar qilyapmiz. Stadionda o'tirar ekanman na kulishni, na yig'lashni bilaman. Menimcha kulish kerak, chunki bu yig'lagandan ko'ra yaxshiroq. Chunki Sizlarga yangiligim bor: O'zbekiston termasi jahon chempionatiga yo'llanma oldi, mundialga! O'zbek og'alarni tabriklayman. Endi esa solishtirib ko'rishingiz mumkin: bizning futbol qaerda-yu, o'zbek futboli qaerda? Bir marta podkastda aytgandim, nega biznikilar o'zbek futboli bizdan o'tib ketganini tan olgimiz kelmaydi? O'zingizga hulosalar chiqarishingiz mumkin, biz Belarusga 0:2 hisobida mag'lub bo'lyapmiz, O'zbekiston jahon chempionatiga chiqmoqda. Fikrimcha, termamizdagi birorta futbolchi gol urishni istamayapti. Bunga qanday chidash mumkin? Bo'ldi, O'zbekistonga ko'chib ketaman", - deb yozadi Maulen.
Belarus - Qozog'iston bahsi 4:1 hisobida yakunlandi. O'zbekiston termasi esa BAA maydonida durang qayd etib, 2026 yilgi jahon chempionatiga yo'llanma oldi.