Shuhrat Rahmonqulov: "Arablarning xurmacha qilig'iga berilmaslik kerak - biz ulardan kuchlimiz"

  • Mr.NoBoDy 04.06.2025 16:56
  • 60
  • 30

O'zbekiston milliy terma jamoasi ertaga juda muhim o'yin arafasida turibdi.

BAA terma jamoasiga qarshi kechadigan safardagi uchrashuvdagi mag'lubiyatdan tashqari har qanday natija bizga Jahon chempionati eshiklarini ochadi. Mazkur bellashuv oldidan tajribali futbol mutaxassisi Shuhrat Rahmonqulovning fikrlari bilan qiziqdik. 

"Arablar g'alaba uchun hamma narsa qilishga harakat qilishadi. Biz o'ynagan 1999 yilda ham arablarning qilig'ini ko'rganmiz. Lekin hech narsaga etibor bermasdan o'yinga tayyorlanganmiz. Soat kechasi 3-4gacha uyqu berishmagan. Shuning uchun ularning xurmacha fitnalariga qaramay diqqat yo'qolmasligi kerak. Ular hamma narsa qiladi. 

Biz terma jamoamizga ishonamiz. Jahon chempionatiga yarim qadam qoldi. Xudo xohlasa Qatar bilan o'yinga zo'r bayram bo'ladi degan umiddaman. Eng muhimi hozir sarosima kerak emas. Bu maydonga chiqqach o'tib ketishi zarur. Terma jamoamiz arablardan kuchli. Barchaga omad tilayman",- deydi Shuhrat Rahmonqulov.

Malumot uchun, o'yin ertaga 21:00da start oladi.


Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar