«Inter Mayami» jamoasida to‘p surayotgan 37 yoshli hujumchi Lionel Messi MLSning may oyidagi eng yaxshi futbolchisi deb e’lon qilindi. Bu haqda liganing X (sobiq Twitter) ijtimoiy tarmog‘idagi rasmiy akkaunti xabar berdi.
O‘tgan oyda argentinalik futbolchi MLSdagi 7 ta uchrashuvda ishtirok etib, 7 ta gol va 4 ta golli pas muallifi bo‘ldi.
Messi 2023 yilning yozida «Inter Mayami» safiga qo‘shilgan edi. Shu vaqt mobaynida u barcha musobaqalarda 59 ta uchrashuvda maydonga tushib, 49 ta gol va 24 ta samarali harakatni amalga oshirdi. Futbolchining joriy shartnomasi 2025 yil oxirigacha amal qiladi.