Portugaliya Germaniyaga yutqazsa bosh murabbiy ishdan ketadi

  • Mr.NoBoDy 04.06.2025 17:00
  • 63
  • 30

Roberto Martines Portugaliya terma jamoasini tark etishi mumkin.

Mundo Deportivo Record malumotlariga ko'ra, agar Portugaliya Germaniya terma jamoasiga qarshi Millatlar Ligasi yarim finalida yutqazsa ishdan bo'shatilishi mumkin. Ushbu o'yin bugun bo'lib o'tadi.

Agar Martines ishdan bo'shatilsa, milliy jamoa bosh murabbiyi vazifasiga asosiy nomzodlar "Ferenbaxche"ni boshqarayotgan Joze Mourinyu va "Al Hilol"da ishlagan Jorje Jezush bo'ladi.

Qayd etilishicha, Turkiya klubi o'tgan mavsumda hech qanday sovrin yutib olmagan bo'lsa-da, Mourinyuni qo'llab-quvvatlamoqda. Murabbiyning o'zi esa terma jamoada ishlash istagini saqlab kelyapti.

Martinesga yaqin manbalar ispaniyalik mutaxassis yaqinlashib kelayotgan o'yinlarga to'liq etibor qaratgani va mish-mishlarga etibor bermayotganini aytdi.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar