"Manchester Yunayted"ga o'yinga tezda qo'shilib ketadigan futbolchilar kerak. So'nggi 10 yillikda "Manchester Yunayted" yangi futbolchilar uchun oson bo'lmagan jamoaga aylandi.
Kunya va Mbemoda APL tajribasi katta va ular ligada ko'p o'yin o'tkazishgan. Angliya futboli ular uchun begona emas va jamoaga aynan shunday tajribaga ega futbolchilar kerak edi.
"Manchester Yunayted"ning qanot futbolchilariga etibor qaratar ekanman, ular raqib jarima maydonchasiga tezroq borishi va joylasha olishi kerakligini ko'rib turibman. Qanot futbolchilari to'p bilan va to'psiz tezroq harakat qilishlari kerak. Kunya va Mbemoda bunday qobiliyat bor", - dedi Nevill.