"Chelsi"ning 30 yoshli posboni o'tgan mavsumni "Bornmut"da ijarada o'tkazdi.
Ispaniyalik futbolchining shartnomasidagi tovon puli 5 mln funtni tashkil etadi.
Insayder Fabricio Romanoning yozishicha, "Arsenal" Kepani David Rayaning o'rinbosari sifatida ko'rmoqda.
Ehtimoliy bitim shartlarini aniqlashtirish uchun dastlabki muzokaralar allaqachon o'tkazilgan.