Bu haqda Xorvatiya klubi rasmiy sayti xabar berdi.
Mutaxassisning jamoa bilan shartnomasi tomonlarning o'zaro kelishuviga ko'ra bekor qilingan. Italiyalik bu jamoada o'tgan yili ish boshlagan. 2024/2025 yilgi mavsum yakunida “Xayduk” chempionlik uchun davogar edi, biroq Xorvatiya chempionati oliy divizioni turnir jadvalida 63 ochko jamg'arib, uchinchi o'rinni egalladi.
Bungacha Gattuzo “Sion”, “Palermo”, OFI, “Piza”, “Milan”, “Napoli”, “Valensiya” va “Marsel” klublarini boshqargan. Neapolliklar bilan mutaxassis Italiya kubogini qo'lga kiritgan.