"Jahon chempionatiga chiqishni o'ta kuchli futbolchilar ham orzu qilishgan. Ko'pchilikka mundial armon bo'lib qoldi. Bu natijaga erishish bizga nasib qilgan ekan. Biz juda baxtli insonlarmiz. Barchani tabriklayman. Hali hammasi oldinda. Bizda katta bosim bor edi. BAA ko'plab vaziyatlar yaratdi, ammo omad bugun biz tomonda edi", - deya fikr bildirdi Sherzod Nasrullaev JCH yo'llanmasi qo'lga kiritilganidan so'ng.