Klub ushbu mavsumdagi natijalarni qoniqarsiz baholagan va bu istefoga sabab bo'lgan.
Ange 2023 yilda "Seltik"dan "Tottenxem" bosh murabbiyiga aylangandi. Dastlabki mavsumda u jamoa bilan 5-o'rinni egallagandi.
Yakunlangan mavsumda esa 17-o'rinni qayd etgan bo'lsa-da, jamoa Evropa ligasida g'olib bo'lib, 17 yil deganda ilk marta sovrin qo'lga kiritgandi.