CSKA bosh murabbiyi klubdan ketishga yaqin

  • Mr.NoBoDy 07.06.2025 13:48
  • 57
  • 30

Marko Nikolich AEKga o'tishga yaqin turibdi.

Gazzetta.gr xabariga ko'ra, CSKA ustozi va Greciya klubi o'rtasida og'zaki kelishuv mavjud. Agar kutilmagan biror hodisa ro'y bermasa, Nikolich Greciyaga jo'nab ketadi.

Qayd etilishicha, bungacha "Zenit"da ishlagan AEK direktori Xaver Ribalta o'zi ishlagan aksariyat jamoalarda sovrinlarni qo'lga kiritgan g'olib murabbiy bo'lgani uchun aynan Nikolichni tanlagan.

Eslatib o'tamiz, Moskva klubi safida o'zbekistonlik Abbos Fayzullaev o'ynaydi va O'zbekiston MTJ o'yinchisi o'tgan mavsum jamoa safida ayrim o'yinlarni zaxiradan boshladi.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar