"La Gazzetta dello Sport" malumotiga ko'ra, Milan klubi yangi mavsum oldidan yosh va o'zini ko'rsatishni istaydigan 3 futbolchi: himoyachi, yarim himoyachi va hujumchini tarkibiga qo'shib olishni reja qilgan.
Bu yo'lda "Manchester Yunayted" hujumchisi asosiy maqsad qilib olingan. Daniyalik futbolchining o'zi A Seriyaga qaytishga tayyor, biroq buning uchun klublar kelishib olishlari kerak. "Inter"dagilar futbolchini sotib olish huquqi bilan ijaraga olish ishlarini olib bormoqda.