O'zbekistonning 17 klubi OFK licenziyasini qo'lga kiritdi, ammo...

  • Mr.NoBoDy 07.06.2025 12:16
  • 57
  • 30

OFK 2025/26 yilgi mavsum uchun licenziyani qo'lga kiritgan klublarni elon qildi.

Unga ko'ra, O'zbekistonning OKMK, "Andijon", "Buxoro", "Dinamo", "Bunyodkor", "Mashal", "Nasaf", "Xorazm", "Qo'qon-1912", "Navbahor", "Neftchi", "Paxtakor", "Lokomotiv", "So'g'diyona", "Qizilqum", "Sho'rtan" va "Surxon" klublari OFK licenziyasini qo'lga kiritdi.

Malumot uchun, OFK licenziyasini olmagan klub 2026 yilgi mavsum Superligada ishtirok eta olmaydi.

Pro Ligadan esa faqat "Lokomotiv" licenziyani olgani bois bu yil faqat "temiryo'lchilar" Superligaga chiqish huquqiga ega.

Eslatib o'tamiz, o'tgan yil "Aral" OFK licenziyasini ololmagani bois jadvalda undan pastroqda bo'lgan "Xorazm" Superligaga chiqqandi.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar