Bu haqda Italiya klubi rasmiy sayti xabar tarqatmoqda.
23 yoshli braziliyalik futbolchi "neradzurri"ga 25 mln evroga tushgan. Bitim besh yilga mo'ljallangan.
Luis Enrike 2020 yildan buyon "Marsel" sharafini himoya qilib kelayotgandi va joriy mavsumda jamoaning asosiy futbolchilaridan biriga aylandi. Uning hisobida 35 ta o'yin, 9 ta gol va 10 ta assist mavjud. Transfermarkt malumotlariga ko'ra, futbolchining bozor narxi 18 mln evroni tashkil qiladi.