Qatar terma jamoasining yangi bosh murabbiyi Xulen Lopetegi O'zbekiston terma jamoasiga qarshi kechadigan saralash bosqichining so'nggi uchrashuvidan ikki nafar futbolchini terma jamoa safiga jalb etdi. "Al Vakra"ning yosh himoyachisi Nabil Erfan va "Al Duhayl" himoyachisi Mohammed Ayash bosh murabbiy Xulen Lopetegi tomonidan terma jamoaga chaqirildi.
Eslatib o'tamiz, O'zbekiston - Qatar uchrashuvi 10 iyun kuni "Bunyodkor" stadionida soat 18:45 boshlanadi.