Kataloniyaliklar hujumchini o'z safiga qo'shib olishi mumkin.
Italiya klubi 25 yoshli portugaliyalik futbolchining transfer summasi 70 mln evrodan kam bo'lmasa, uning uchun takliflarni ko'rib chiqishga tayyor. Shu bilan birga, "ko'k-anorranglilar" uchun Leauning transferi ustuvor vazifa emasligi qayd etilgan.
Leau 2024/25-yilgi mavsum "Milan" safida barcha musobaqalarda 50 ta o'yinda maydonga tushib, o'z hisobiga 12 ta gol va 13 ta golli uzatmani yozdirib qo'ydi. Uning klub bilan shartnomasi 2028 yilning yozigacha amal qiladi.