Ronaldu faoliyatini qachon yakunlashi haqidagi savolga javob berdi

  • Mr.NoBoDy 07.06.2025 16:33
  • 78
  • 30

Portugaliyalik yulduz hujumchi Krishtianu Ronaldu faoliyatini yakunlash haqidagi savolga javob berdi. 40 yoshli hujumchining so‘zlariga ko‘ra, u butsalarini qachon mixga ilishni hali hal qilmagan. Ronaldu futboldan zavq olishni to‘xtatgandagina faoliyatini yakunlamoqchi.

"Faoliyatini yakunlash? Mening mentalitetim - kunma-kun yashash. Uncha ko‘p yil qolmadi... lekin lahzadan zavqlanyapman. Faoliyatimni tugatish sanasi aniq emas. O‘zimni baxtli his qilyapman. Men zavq olish va o‘ynashni davom ettirish uchun shu yerdaman - menga yoqadigan kungacha," - dedi Ronaldu jurnalistlarga.

8 may, yakshanba kuni Millatlar ligasi finalida Portugaliya va Ispaniya terma jamoalari o‘zaro kuch sinashadi.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar