iks
ads

Nazorat o'yini. "Nasaf" - "So'g'diyona" bahsida 7ta gol urildi

  • Mr.NoBoDy 07.06.2025 22:00
  • 591
  • 30

Bugun Qarshidagi "Markaziy" stadionda "Nasaf" va "So'g'diyona" jamoalari ishtirokida nazorat o'yini o'tkazildi.

Unda "Nasaf" 4:3 hisobida g'alabaga erishdi. Qayd etish kerak, "So'g'diyona" bahsda 3:1 hisobida oldinda borayotgandi.

Nazorat uchrashuvi.

Qarshi. "Markaziy" stadion

07.06.2025 | 19:00

"Nasaf" 4:3 "So'g'diyona"

Gollar: Javohir Qahramonov (2, 0:1), Dragan Cheran (30, 1:1), Javohir Qahramonov (41, 1:2), Umidbek Sultonov (56, 1:3), Rubin Hebay (65, 2:3), Dragan Cheran (71, 3:3), Husayn Norchaev (84, 4:3).

"Nasaf": Oleksandr Vorobey, G'olib G'aybullaev, Igor Golban, Shuhrat Muhammadiev, Sharof Muhitdinov, Murodbek Rahmatov, Javohir Sidiqov, Dragan Cheran, Oybek Bozorov, Stefan Cholovich, Husayn Norchaev.

Zaxiradan maydonga tushganlar: Alibek Davronov, Suhrob Nurulloev, Rubin Hebay, Diyorbek Asomiddinov.

"So'g'diyona": Milan Mitrovich, Islom Qobilov, Behro'z Jumatov, Suhrob Izzatov, Stanislav Andreev, Oybek Nurmatov, Lyupche Doriev, Luka Jorjevich, Javohir Qahramonov, Inom Abdumajidov, Dilshod Misraliev. 

Zaxiradan maydonga tushganlar: Muhammadyusuf Sobirov, Fazliddin Omonkeldiev, Umid Sultonov, Sahob Rashidov Sardor Erkinov.

Ўхшаш янгиликлар