PSJ va Franciya termasi vingeri Millatlar ligasi yarim finalida Ispaniyaga qarshi o'yinda jarohat oldi.
"RMC Sport" malumotiga ko'ra, uning tiklanishi uchun 2-3 hafta kerak bo'ladi. Shu sababli u 14 iyun kuni boshlanadigan klublar o'rtasidagi jahon chempionatining guruh bosqichida qatnashmaydi. Agarda jamoa pley-offga yo'llanma oladigan bo'lsa, u o'yinlarda qatnashishi mumkin.
Shuningdek, Bredli Barkolya ham jarohatlangan va shu boisdan Millatlar ligasida Germaniyaga qarshi 3-o'rin uchun o'yinda qatnasha olmaydi. Biroq u klublar o'rtasidagi jahon chempionatigacha safga qaytishi kutilmoqda.