“Fenerbaxche“ TOP transfer amalga oshirishi mumkin

  • Mr.NoBoDy 08.06.2025 11:08
  • 72
  • 30

“Bavariya“ yarim himoyachisi Leroy Sane faoliyatini Turkiyada davom ettirishi mumkin.

Futbolchiga “Fenerbaxche“ jiddiy qiziqish bildirmoqda. Xabariga ko'ra, Turkiya klubi futbolchining vakillari bilan muzokara o'tkazmoqda. Joze Mourinyu boshqaruvidagi klub Sanega yiliga soliqlarsiz 14-15 mln evro atrofida maosh to'lashga tayyor.

“Bavariya“ shartnomasi yakuniga etishga yaqin futbolchini jamoada olib qolishni istamoqda. Biroq ular taklif qilayotgan maosh Sanega maqul kelmagan.

Futbolchi Bundesliganing o'tgan mavsumida 30 ta o'yinda 11 ta gol va 5 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar