PSJ "Bavariya"dan 50 mln evroga o'yinchi xarid qilishi mumkin

  • Mr.NoBoDy 08.06.2025 12:08
  • 81
  • 30

Kim Min Je PSJga o'tishi mumkin.

Parij klubi himoya markazini kuchaytirish imkoniyatini qidirmoqda va bir nechta nomzodlarni ko'rib chiqmoqda, ular orasida "Bavariya" futbolchisi ham bor. Shuningdek, "Bornmut"dan Ilya Zabarniy transferi amalga oshishi mumkin.

PSJ sport masalalari bo'yicha maslahatchisi Luish Kampush shu hafta koreyalik futbolchining agenti bilan uchrashdi. Kimga "Al Nassr" ham qiziqish bildirmoqda. Takidlanishicha, "Bavariya" 28 yoshli futbolchi uchun 50 million evro atrofida mablag' olmoqchi.

Kim Min Je Bundesliganing o'tgan mavsumida 27 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi.


Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar