Xabaringiz bor, 10 iyun sanasida JCH-2026 uchinchi saralash bosqichi 10-turidan o'rin olgan O'zbekiston - Qatar uchrashuvi bo'lib o'tadi. BAA safaridan O'zbekiston milliy terma jamoasi bo'lajak o'yinga tayyorgarlik ko'rishni boshlab yubordi. Amaldagi Osiyo chempionlari esa bir necha soat avval Toshkentga etib keldi.
Avvalroq xabar berganimizdek, Qatar terma jamoasi safida ikki nafar o'zgarish ro'y berdi. Ikki nafar himoyachi Nabil Erfan va Mohammed Ayash terma jamoaga chaqirilgan edi.
O'zbekistonga qarshi o'yin oldidan Qatar terma jamoasi safida o'zgarish
Qatar terma jamoasi bugun Toshkentga keladi