"Oldinda O'zbekistonga qarshi muhim o'yin kutib turibdi. Biz pley-off bosqichiga yo'l oldik. Mundialga bir qadam qoldi.
To'g'ri, bizda murabbiy yangi, lekin jamoadagi mentalitet o'zgarmagan, barchamiz birgalikda, bir jamoa bo'lib jahon chempionatiga borishni xohlaymiz. Xudo xohlasa, bu orzuga birgalikda erishamiz", dedi 24 yoshli futbolchi.
Eslatib o'tamiz, jahon chempionati 3-saralash bosqichi 10-turidan o'rin olgan O'zbekiston – Qatar uchrashuvi 10 iyun kuni Toshkentdagi "Bunyodkor" stadionida o'tkaziladi. O'zbekiston mundial yo'llanmasini muddatidan ilgari hal qilgan bo'lsa, Qatar pley-off bosqichida kurash olib boradi.
Avvalroq qatarliklar hujumichisi Almoez Ali bo'lajak o'yin haqida fikr bildirgandi.