Qosimov, Ahmedov, Zeytullaev, Tojiev - Qatar bilan o'zaro o'yinlar to'purarlari

  • Mr.NoBoDy 09.06.2025 15:24
  • 60
  • 30

Ertaga O'zbekiston terma jamoasi JCH-2026 saralashining so'nggi bahsi doirasida Qatarga qarshi maydonga chiqadi.

Qatar biz uchun tanish raqib hisoblanadi. Ular bilan tarixda o'zaro ko'p to'qnash kelganmiz va aksariyat o'yinlar mundial saralashlariga to'g'ri kelgan. Bundan tashqari o'rtoqlik o'yinlari va Osiyo kuboklarida ham raqib vazifasini bajargan. O'zaro uchrashuvlardagi asosiy to'purar Odil Ahmedov hisoblanadi. Yaqin o'tmish yulduzi Qatar terma jamoasiga darvozasiga jami 4 marotaba yo'l topa olgan.

Qizig'i shundaki, Mirjalol Qosimov Qatar terma jamoasi darvozasini uch marotaba ishg'ol eta olgan. Ushbu gollarning ikkitasi jarima zarbasidan kiritilgan.

Odil Ahmedov 4ta

Mirjalol Qosimov 3ta

Farhod Tojiev 3ta

Abbos Fayzullaev 2ta

Bahodir Nasimov 2ta

Sanjar Tursunov 1ta

Server Jeparov 1ta

Jafar Irismetov 1ta

Ilyos Zeytullaev 1ta

Nikolay Shirshov 1ta

Leonid Koshelev 1ta

Anvar Soliev 1ta

Oleg Zoteev 1ta

Ulug'bek Bakaev 1ta

Egor Krimec 1ta

Marat Bikmaev 1ta

Odil Hamrobekov 1ta




Match-senterda ochish
Match-senterda ochish

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar