Fakt: Qatar JCH-2026 saralashida mehmonda hali g'alaba qozonmadi. Safardagi sukunat davom etadimi?

  • Mr.NoBoDy 09.06.2025 16:56
  • 24
  • 30

JCH-2026 uchinchi saralash bosqichi o'z nihoyasiga etib bormoqda.

Ertadan oxirgi tur bellashuvlari start oladi. Qatar terma jamoasi saralashni mehmonda O'zbekistonga qarshi uchrashuv bilan yakunlaydi. Qiziq fakt shuki, to'q qizil ranglilar mazkur saralashda mehmonda g'alaba qozongani yo'q. Faqat bir marotaba durang qayd etishdi, xolos. Raqiblari maydonida esa 4 ta o'yinda 4 ta to'p kiritdi. Quyida umumiy natijalarga razm solamiz. 

KXDR - Qatar 2:2

Eron - Qatar 4:1

BAA - Qatar 5:0

Qirg'iziston - Qatar 3:1

Xulen Lopetegi shogirdlari oxirgi bor  mehmonda 2023 yilning 21 noyabr kuni Jahon chempionati ikkinchi saralash bosqichida Hindiston ustidan zafar quchgan edi.

O'zbekiston - Qatar uchrashuvi 10 iyun kuni 18:45da "Bunyodkor" stadionida start oladi. 

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar