"So'g'diyona" hujumchisi: "Xalqaro maydonda Rossiya klublari etishmayapti"

  • Mr.NoBoDy 09.06.2025 17:08
  • 27
  • 30

"Zenit" klubining sobiq futbolchisi, bugungi kunda Jizzaxning "So'g'diyona" klubi sharafini himoya qilayotgan Luka Jorjevich Rossiya klublarining xalqaro turnirlardan chetlatilishi haqida gapirdi.

"Albatta, xalqaro maydonda Rossiya klublari etishmayapti. Afsuski, hammasi shunday bo'ldi. Umid qilamanki, bu voqea tez orada tugaydi va biz Evropaning yirik klublari "Gazprom Arena"ga kelishidan zavqlanishimiz mumkin", - dedi Jorjevich Championat.com muxbiri Egor Kabak bilan suhbatda.

Eslatib o'tamiz, Rossiya terma jamoasi va Rossiya futbol klublari 2022 yilda xalqaro turnirlardan chetlatilgan edi. O'shandan beri Valeriy Karpin shogirdlari xalqaro maydonda faqat o'rtoqlik o'yinlari o'tkazmoqda, RPL klublari esa faqat ichki rasmiy musobaqalarda o'ynaydi. Avvalroq OAVda UEFA Rossiya jamoalarini Evropa musobaqalariga qaytarish choralarini ko'rayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Malumot uchun, Jorjevich faoliyati davomida "Zenit", "Arsenal Tula"  va "Lokomotiv" kabi Rossiya klublarida to'p tepgan.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar