Goal portali «Oltin to‘p» uchun da’vogarlarning navbatdagi reytingini e’lon qildi. Ispaniya terma jamoasi Millatlar ligasi finalida Portugaliyaga mag‘lub bo‘lgach (penaltilar seriyasi orqali), avvalgi haftada 2-o‘rinni egallab turgan Lamin Yamal peshqadam Usmon Dembeledan o‘tib keta olmadi. "PSJ" forvardi hamon asosiy da’vogar bo‘lib turibdi.
Rafinya, Saloh va Dembele esa kuchli beshlikdagi o‘z o‘rnini saqlab qolishdi.
O‘tgan hafta mos ravishda 13 va 14-o‘rinni egallab turgan Vitinya va Nunu Nevesh esa Millatlar ligasida g‘oliblikdan so‘ng birdaniga 6 va 7-o‘ringa chiqib olishdi.
To‘liq top-20 ro‘yxati quyidagicha:
1. Usmon Dembele («PSJ»);
2. Lamin Yamal («Barselona»);
3. Rafinya Dias («Barselona»);
4. Muhammad Saloh («Liverpul»);
5. Kilian Mbappe («Real»);
6. Vitinya («PSJ»);
7. Nunu Mendesh («PSJ»);
8. Dezire Due («PSJ»);
9. Xvicha Kvarasxeliya («PSJ»);
10. Ashraf Hakimiy («PSJ»);
11. Pedri («Barselona»);
12. Harri Keyn («Bavariya»);
13. Robert Levandovski («Barselona»);
14. Janluidji Donnarumma («PSJ»);
15. Joau Nevesh («PSJ»);
16. Viktor Dyokeresh («Sporting»);
17. Vinisius Junior («Real»);
18. Jud Bellingem («Real»);
19. Bredli Barkolya («PSJ»);
20. Deklan Rays («Arsenal»).