"Atletiko" Qozog'istondagi akademiya qarorgohi loyihasini taqdim etdi

  • Mr.NoBoDy 09.06.2025 17:56
  • 63
  • 30

Madridning "Atletiko" klubi Qozog'istonda quriladigan kelajak akademiyasining suratlarini elon qildi, deb xabar bermoqda akademiya matbuot xizmati.

Madrid klubi akademiyasi Talgardagi (Olmaota viloyati) "Oqbuloq" Olimpiya markazi negizida barpo etiladi. Shuningdek, akademiya hududida 10 ming tomoshabinga mo'ljallangan stadion qurish rejalashtirilgan. 

2025 yil iyun oyida akademiyaga birinchi saralovlar o'tkaziladi, sentyabr oyida esa yangi o'quvchilar qabul qilinadi. Saralovda 2012-2014 yillarda tug'ilgan futbolchilar ishtirok etadi.

2025 yil 23 avgust kuni Madridning "Atletiko" klubi akademiyasi va QJ ligasining eng sara futbolchilaridan tashkil topgan jamoa o'rtasida o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazilishi kutilmoqda.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar