Vinger nemis klubining yozdagi asosiy transfer maqsadi bo'lib turibdi. Bu haqda Sky Sports xabar berdi. Germaniyaliklar yarim himoyachining transferi uchun 100 million evroga yaqin pul ajratishga tayyor.
O'tgan mavsumda Barkola barcha turnirlarda 58 ta o'yinda qatnashib, 21 ta gol urdi va 19 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Futbolchining klub bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2028 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.