Qamchibek Tashiev O'FA rahbariyatini O'zbekiston terma jamoasi JCHga chiqqani bilan tabrikladi

  • Mr.NoBoDy 10.06.2025 12:56
  • 204
  • 30

Qirg'iz futbol ittifoqi prezidenti Qamchibek Tashiev boshchiligidagi delegaciya 9 iyun kuni Toshkentdagi "Jar" stadionida bo'lib o'tgan Qirg'iz Respublikasi hamda O'zbekiston U-23 terma jamoalari o'rtasidagi o'rtoqlik uchrashuviga guvoh bo'ldi.

QFI vakillari o'yin davomida O'zbekiston futbol associaciyasi rahbarlari – prezident Bahodir Qurbonov va birinchi vice-prezident Ravshan Ermatov bilan uchrashdi.

KFI rahbari Qamchibek Tashiev qo'shni davlat futbol associaciyasi vakillarini O'zbekiston terma jamoasi o'z tarixida ilk bor Jahon chempionatiga yo'llanma olgani bilan tabrikladi. 

"O'zbekiston terma jamoasi futbolchilari o'zlarining ajoyib va mahoratli o'yinlari bilan Markaziy Osiyo mintaqasining barcha davlatlariga o'rnak bo'lishdi va shu bilan birga orzular ushalishini isbotladi. Biz bo'lajak Jahon chempionatida O'zbekiston termasini chin dildan qo'llab-quvvatlaymiz", – dedi KFI rahbari. 

O'zbekiston futbol associaciyasi rahbarlari tabrik uchun minnatdorlik bildirib, ikki davlat o'rtasidagi do'stlik va hamjihatlik rivoji, tashkilotlar o'rtasidagi o'zaro yordam doimiy ravishda mustahkamlanib borishini tilashdi. Uchrashuvda tomonlar qo'shma hamkorlik masalalarini ham muhokama qildilar.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar