Tariq Salmon: "Raqibimiz o'z yurtboshi ko'z o'ngida mag'lub bo'lishni istamaydi"

  • Mr.NoBoDy 10.06.2025 14:08
  • 201
  • 30

Qatar terma jamoasi himoyachisi Tariq Salmon jahon chempionati 3-saralash bosqichi 10-turidan o'rin olgan O'zbekistonga qarshi o'yin oldidan saytimizga kichik intervyu berdi.

- Bo'lajak o'yin haqidagi fikrlaringiz bilan o'rtoqlashsangiz...

- O'zbekiston terma jamoasini o'z tarixida ilk marotaba JCH yo'llanmasini qo'lga kiritgani bilan tabriklayman. O'zbekistonga qarshi har doim qiynalamiz, ochig'i. To'g'ri, so'nggi ikki uchrashuvda biz g'alaba qozondik, ammo hozirgi holat boshqacha. Raqibimiz o'z yurtboshi ko'z o'ngida mag'lub bo'lishni istamaydi. O'zbekiston o'yindan so'ng tarixiy natijani nishonlaydi, ammo biz bu erga g'alaba qozonish uchun keldik.

- Osiyo Kubogida siz bilan suhbatlashganimda, O'zbekiston MTJsining tarkibi kuchayib bormoqda degan edingiz, o'sha musobaqada Shomurodov ishtirok etmagan edi. Hozir esa jarohatlangan futbolchilar deyarli yo'q. O'zbekistonning hozirgi tarkibi haqida qanday fikrdasiz?

- Terma jamoangizda 3-4ta o'ta iqtidorli futbolchilar bor. Masalan, 23 raqam. Evropadagi Husanov va Shomurodovlar. "Paxtakor"dagi Alijonovni ham xavfli futbolchi deb ayta olaman. Ertaga ham juda yaqin o'yin bo'lishini taxmin qilishim mumkin. Umid qilamanki, barchasi biz kutgandek bo'ladi.


Match-senterda ochish
Match-senterda ochish

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar