Bugun, 10-iyun kuni, Timur Kapadze boshqaruvidagi Oʻzbekiston milliy terma jamoasi JCh-2026 saralash bosqichi 10-turi doirasida Qatarga qarshi uchrashuv o‘tkazdi va 3:0 hisobida g’alaba qozondi.
Jamoamizning gollariga, Azizbek Turg’unboyev (28′), Eldor Shomurodov (86′) va Igor Sergeyev (90+2′) mualliflik qildi. Ushbu natija evazga Milliy jamoamizning ochkolari soni 21 taga yetdi va guruhni 2-o‘rin bilan yakunladi.
Uchrashuvdan so‘ng, tarixiy natija qayd etib, Jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zolariga Prezident sovg‘alari, davlat mukofotlari topshirildi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2026-yil AQSh, Kanada va Meksika maydonlarida oʻtkaziladigan futbol boʻyicha jahon chempionati yoʻllanmasini qoʻlga kiritgan O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zolarini taqdirladi.
Prezident qaroriga koʻra, davlat mukofotlari, shuningdek, Prezidenti sovgʻasi – BYD avtomashinalari ham topshirildi.