Championat.asia malumotlariga ko'ra, himoyachi Ruzbeh Cheshmi JCH 3-saralash bosqichi uchrashuvini jarohati tufayli o'tkazib yuborsa, yarim himoyachi Muhammad Mohebi (suratda) diskvalifikaciya tufayli bahsda ishtirok etmaydi.
Avvalroq Eron terma jamoasi ustozi Amir G'alenoi va hujumchi Alirizo Jahonbaxsh o'yinoldi matbuot anjumanida ishtirok etgan edi.
Eslatib o'tamiz, Eron hamda O'zbekiston o'rtasidagi to'qnashuv ertaga "Ozodi" stadionida tashkil etiladi. Bahs Toshkent vaqti bilan 21:00 da boshlanadi.