iks
ads

Angliya kubogi. "Manchester Yunayted" 1/32 finalda 4-liga jamoasiga mag'lub bo'lib, turnirni tark etdi

  • Mr.NoBoDy 28.08.2025 02:48
  • 1588
  • 30

"Grimsbi" va "Manchester Yunayted" o'rtasidagi Liga kubogining ikkinchi bosqich o'yini Klitorps shahridagi "Blandell Park" stadionida bo'lib o'tdi.

Uchrashuvning 22-daqiqasida Charlz Vernem hisobni ochdi. Tayrell Uorren 30-daqiqada mezbonlarning ustunligini oshirdi. 75-daqiqada Brian Mbemo "Yunayted" uchun bitta gol urgan holda hisobdagi farqni bittaga qisqartirdi. Xarri Maguayr 89-daqiqada hisobni tenglashtirdi.

Uchrashuvning asosiy vaqti 2:2 hisobida yakunlandi.

Penaltilar seriyasida Andre Onana Klark Oduorning zarbasini qaytargan bo'lsa, Mateus Kunya va Brian Mbemo o'z urinishlarini golga aylantira olmadi. Uchrashuvdan keyingi seriya 12:11 hisobida "Grimsbi" foydasiga hal bo'ldi.


Match-senterda ochish


Ўхшаш янгиликлар