"Manchester Siti"da mavsumning eng yaxshi futbolchisi aniqlandi

  • Mr.NoBoDy 12.06.2025 18:48
  • 66
  • 30

"Manchester Siti" himoyachisi Yoshko Gvardiol o'tgan mavsum yakunlariga ko'ra jamoaning eng yaxshi o'yinchisi deb tan olindi.

Bu haqda "shaharliklar" matbuot xizmati malum qildi.

23 yoshli xorvatiyalik futbolchi joriy mavsum barcha musobaqalarda 53 o'yinda maydonga tushib, raqiblar darvozasini 6 marta ishg'ol etdi va 2 ta gol uzatmasini amalga oshirdi.

Gvardiolning "Manchester Siti" bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2028 yilgacha mo'ljallangan. Transfermarkt portali mutaxassislari futbolchining qiymatini 75 million evroga baholamoqda.

15 iyul kuni Klublar o'rtasidagi Jahon chempionati boshlanadi. "Manchester Siti" "Al Ayn," "Vidad" va "Yuventus" jamoalari bilan bir guruhda o'ynaydi.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar