​ "Oltin to'p"ga davogarlar qachon elon qilinishi malum

  • Mr.NoBoDy 13.06.2025 11:56
  • 621
  • 30

2025 yilgi "Oltin to'p" uchun nomzodlar 7 avgust kuni elon qilinadi, deb xabar berdi "France Football".

Taqdirlash marosimining o'zi 22 sentyabr kuni Parijda bo'lib o'tadi.

Parij jamoasining Chempionlar Ligasi finalidagi g'alabasi va Ispaniyaning Millatlar Ligasi finalida Portugaliyaga mag'lub bo'lganidan so'ng Usmon Dembele "Oltin to'p"ni qo'lga kiritish uchun favoritiga aylandi. Franciyalik futbolchi o'tgan mavsum PSJ safida 49 o'yin o'tkazib, 33 ta gol urgan va 15 ta golga assistentlik qilgan. Dembele parijliklar bilan Chempionlar Ligasi, chempionat va Franciya Kubogida zafar quchdi.

Lamin Yamal o'tgan mavsum "Barselona" safida barcha turnirlarda 55 o'yinda maydonga tushib, 18 ta gol urdi va 25 ta golli uzatmani amalga oshirdi. U o'z jamoasi bilan uchta titulni qo'lga kiritdi – chempionat, Kubok va Ispaniya Superkubogi.

Yana bir davogar "Barselona" vingeri Rafinya. Braziliyalik futbolchi yakunlangan mavsum 57 o'yinda ishtirok etib, 34 ta gol urdi va 25 ta golli pas uzatdi. Shuningdek, u jamoa bilan uchta yutuqqa erishdi YE chempionat, Kubok va Ispaniya Superkubogi.

Yilning asosiy individual mukofotiga asosiy davogarlarning to'liq ro'yxati quyidagicha ko'rinishda:

1. Usmon Dembele (PSJ).

2. Lamin Yamal ("Barselona").

3. Vitinya («PSJ»).

4. Muhammad Saloh («Liverpul»).

5. Rafinya («Barselona»).

6. Kilian Mbappe («Real»).

7. Janluiji Donnarrumma (PSJ).

8. Xvicha Kvaracxeliya (PSJ).

9. Dezire Due (PSJ).

10. Ashraf Hakimi (PSJ).

O'tgan yili ushbu sovrinni Ispaniya terma jamoasi va Angliyaning "Manchester Siti" klubi yarim himoyachisi Rodri qo'lga kiritgandi. Kuchli uchlikka, shuningdek, Vinisius Junior va Jud Bellingem (ikkisi ham "Real") kirgan edi.

"Oltin to'p" – har yili Franciyaning "France Football" jurnali tomonidan yilning eng yaxshi futbolchisiga beriladigan mukofot.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar